Линклар

logo-print

Hollandiyada Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi yuzasidan o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning asosiy qismi mazkur shartnoma ayni tarzda qabul qilinishiga qarshi ovoz berdi.

Hollandliya matbuotining bildirishicha, referendumda 13 million odam ishtirok etgan, bu esa ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 32 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.

Dastlabki natijalarga qaraganda, ovoz berganlarning 61 foizdan ko‘prog‘i Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi shartnomaga qarshi ovoz bergan. Referendumning yakuniy natijalari rasman 12 aprelda e’lon qilinadi.

Hollandiya hukumati ovoz berish natijalari hal qiluvchi omil emasligiga qaramay, fuqarolar fikri bilan hisoblashish zarurligini va Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan tuziladigan shartnomani qayta ko‘rib chiqishi shartligini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG