Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:22

Shotlandiyada Shekspirning eng birinchi kitobi topildi


Shotlandiyada Uilyams Shekspirning eng birinchi sahna asarlari to‘plami topildi.

Topilgan kitob 1623 yilda nashr etilgan bo‘lib, unda Shekspirning 36 dramasi joy olgan. Mazkur kitob Shotlandiyaning Byut orolidagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlangan.

Mazkur to‘plam Shekspir vafot etganidan 7 yil o‘tib nashr qilingan. Unga Shekspir tirikligida sahna yuzini ko‘rishga ulgurmagan 18ta drama ham kiritilgan. Kitobning titul sahifasida Shekspirning surati berilgan. Mazkur surat buyuk yozuvchining yagona ishonchli tasviri hisoblanadi.

Jori yilda Shekspirning 400 yilligi nishonlanadi.

XS
SM
MD
LG