Линклар

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayriboshlash 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 30 foizga kamaydi va 156,5 million dollarni tashkil qildi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2015 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi eksport 18,6 foizga foizga, import 42 foizga ozaygan.

2014 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash 2010 yilga nisbatan 50 foizga kamayib ketgani xabar qilingan edi. Bugungi kunda O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan tovar ayriboshlashdagi ulushi 2,7 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar 2007 yildan beri sovuqlashib kelmoqda. So‘nggi marta 18 mart kuni Toshkent bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashgan edi.

XS
SM
MD
LG