Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:22

YeI "offshor mojarosi" tufayli Panamaga sanksiya qo‘llashi mumkin


Yevropa Ittifoqi agar Panama pul yuvish va offshor jinoyatlariga qarshi kurashdan bo‘yin tovlasa, unga nisbatan sanksiya qo‘llash bilan tahdid qildi.

Yevrokomisiyaning bojxona, soliq to‘lovlari, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha komissari Pyer Moskovisi, Panama soliqdan qochish jinoyatlarini ochishda hamkorlik qilmaydigan davlatlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Moskovisi Panama hukumatini bu boradagi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga chaqirib, aks holda sanktsiya qo‘llanishi mumkinligini ta’kidladi.

3 aprel kuni Panamadagi Mossack Fonseca advokatlik shirkati qo‘lga kiritgan 40 yillik maxfiy hujjatlarni ochiqladi.

11 million hujjatdan jahon davlatlari rahbarlari va boylarning manbasi shubhali milliardlab dollarni qanday qilib soliq va jamoatchilikdan bekitgani ayon bo‘ladi.

Fosh bo‘lganlar orasida Rossiya¸ Qozog‘iston¸ Ozarbayjon va Ukraina prezidentlaridan tortib to Saudiya qiroli Salmon va futbol yulduzi Leo Messigacha bor.

Panama shirkati yordamida "pul yuvganlar" orasida MXXga aloqador o‘zbekistonliklar ham bor.

XS
SM
MD
LG