Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:10

O‘zbekneftgaz yil oxirigacha ikkita konni ishga tushirmoqchi


O‘zbekneftgaz kompaniyasi joriy yil oxirigacha umumiy qiymati 291 million dollarlik loyiha asosida ikkita konni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Sputnik nashri ma’lumotiga ko‘ra, loyiha asosida Sharqiy Berdaq va Shimoliy Berdaq konlari ishga tushirilib, yangi siquvchi kompressor stantsiyasi quriladi.

Loyihaning 233,2 million dollarini O‘zbekneftgaz ajratadi. Shuningdek, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi loyiha uchun 57 million dollar ajratadi.

Yil oxirigacha ikkita konda 29ta quduq qaziladi, 2020 yilgacha quduqlar sonini 47ga yetkazish rejalangan.

XS
SM
MD
LG