Линклар

IShID jangarilari Suriya janubi-g‘arbida garovga olingan 175 nafar kishini o‘ldirgani haqida Independent nashri ma’lum qildi.

Dushanba kuni Suriyada «Islomiy davlat» janggarilari 300dan ziyod odamni garovga olgani xabar qilingandi.

Garovdagilar Damashq sharqidagi Dumayr shahri yaqinidagi sement zavodi ishchilaridir. Xabarlarga ko‘ra, garovga olingan ishchilardan 125 nafari IShIDga tegishli mashinalarda Tal- Dakvax aholi punktiga olib ketilgan.

Chorshanba kuni garovdagilardan 106 nafari «Yarashuv qo‘mitasi»ga berilgani xabar qilindi.

So‘nggi kunlarda Dumayr yaqinida ishidchilar bilan hukumat kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar kechgani ma’lum. IShID jangarilari ishg‘ol qilgan harbiy baza va elektrostansiya ozod qilindi.

Kecha Aleppo shimolida Al-Ray shahri nazorati ham tiklangani aytildi.

XS
SM
MD
LG