Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:16

Belgiyada Parij hujumlariga aloqador shaxs qo‘lga olindi


Belgiyaning VRT telekanali ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil noyabridagi Parij teraktlariga aloqadorlikda gumonlangan Muhammad Abrini hibsga olindi.

31 yashar Abrini Bryusselning Anderlexte hududida qo‘lga olingan.

VRT Abrinining Bryussel aeroporti va metrosidagi portlashlarga aloqadorligini ham gumon qiladi.

Yaqinda Belgiya rasmiylari Parij hujumlarida asosiy gumonlanuvchi bo‘lmish Saloh Abdeslamni Fransiyaga ekstraditsiya qildi.

To‘rt oydan buyon qochib yurgan Saloh Abdeslam 18 mart kuni Bryusselda hibsga olingandi. U 130 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Parij teraktlarini hozirlash va sodir etishga ko‘maklashganlikda ayblanmoqda. Mazkur hujumlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG