Линклар

logo-print

Bugun Gretsiya Yevropa Ittifoqi rejasiga muvofiq, Turkiyaga noqonuniy muhojirlarning ikkinchi guruhini deport qildi.

Lesbos orolidan Turkiyaning Dikili portiga yo‘l olgan ikkita kema bortida Pokiston va Afg‘onistondan bo‘lgan 140 nafar muhojir bor.

4 aprel kuni Gretsiya 202 qochqin-muhojirni Turkiyaga deport qilgan edi.

Ushbu tadbir orqali Yevropadagi muxojirlar oqimini kamaytirish ko‘zlangan.

YeI bilan kelishuvga asosan 20 martdan so‘ng Turkiyadan Gretsiyaga kelgan noqonuniy muhojirlarning barchasi ortga qaytariladi.

Kelishuvga ko‘ra, Gretsiyadan deport qilingan noqonuniy muhojirlarning har biri evaziga YeI Turkiyadagi suriyalik qochqinlarga boshpana beradi.

Shuningdek, Turkiyaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilib, turkiyaliklar uchun YeIga viza rejimi engillashtiriladi hamda Turkiyaning YeIga qo‘shilish jarayoni bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish va’da qilingan.

XS
SM
MD
LG