Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:00

O‘zbekistonda yaxshi kino olish uchun qonun kerakmi?


Uzbekistan - Hollywood actor Gassan Massud is playing a role in uzbek action movie Baron
Uzbekistan - Hollywood actor Gassan Massud is playing a role in uzbek action movie Baron

O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rilmoqda. Kinematografiya sohasida davlat nazoratini huquqiy jihatdan tartibga solishni ko‘zda tutgan ushbu loyihani Qurultoy dasturida muhokama qildik. “Militsiya va SNB haqida qonun bo‘lmagan mamlakatda kino haqida qonun qabul qilinishining o‘zida ziddiyat bor” deydi dastur qatnashchilari.

O‘zbekistonda kino sohasi O‘zbekiston Prezidentining 2004 yil 16 martdagi “Kinematografiya sohasini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 martdagi «O‘zbekkino Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan nazorat qilinadi.

Yangi qonun milliy filmlarni ishlab chiqarishga keng targ‘ib qilish uchun xorij filmlari namoyishiga kvotalar belgilashni ko‘zda tutgan.

Bunday tajriba dunyoda mavjud masalan, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Germaniya kabi xorij davlatlari hududida xorijiy filmlarni namoyishiga kvotalar belgilangan.

“Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun joriy yilning sentyabr oyida qabul qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG