Линклар

Gretsiyaning Samos oroli yaqinida muhojirlar mingan kema suvga cho‘kib ketishi oqibatida to‘rt ayol va bir go‘dak halok bo‘ldi.

Ichida qirqqa yaqin muhojir bo‘lgan kema Turkiyadan Gretsiya oroliga shanba kuni yo‘lga chiqqan edi.

Bu halokat Yevropaga muhojirlar oqimini to‘xtatish bo‘yicha miqyosli amaliyot boshlanganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Turkiya va Yevropa Ittifoqi orasidagi kelishuv doirasida o‘tgan hafta ichida 200 muhojir Gretsiyadan Turkiyaga qaytarildi.

Gretsiya mulozimlari Yevropaga muhojirlar oqimi kamayganini aytishmoqda.

Ammo, ayrim muhojirlar hayotini tahlika ostiga qo‘yib bo‘lsa ham Gretsiya orollariga o‘tishga oshiqmoqda.

2015 yil boshidan buyon O‘rtaer dengizi osha Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan uch mingdan ziyod muhojir dengizga cho‘kib o‘ldi.

XS
SM
MD
LG