Линклар

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri oldindan e’lon etilmagan tashrif bilan 9 aprelь kuni Afg‘onistonga keldi.

Kerrining Kobulga safari prezident Ashraf G‘ani va Abdulla Abdulla yetakchiligidagi milliy birlik hukumatida ziddiyat kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Kerri Kobulda G‘ani va Abdulla bilan uchrashadi.

Jon Kerri o‘z tashrifi davomida tolibon janggarilariga qarshi kurashayotgan afg‘on hukumati va xavfsizlik kuchlariga AQSh yordamlarini oshirish masalasiga urg‘u berishi kutilyapti.

2017 yilga borib Afg‘onistonda AQSh kuchlari soni hozirgidan ikki baravarga kamayadi.

Hozirda Afg‘onistonda 9,800 AQSh harbiysi bor.

XS
SM
MD
LG