Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:02

Daniel Rozenblyum Toshkentda o‘zbek rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda


AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum 9 aprel kuni Toshkentga qilgan safari chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, so‘zlashuvlarda ikki taraflama aloqalar istiqboli, Vashingtonda yanvar oyida o‘tkazilgan AQSh-O‘zbekiston muzokaralari natijalari muxokama qilingan.

O‘zbekiston AQShning terrorizmga qarshi kurashda muhim ittifoqichisi sanaladi.

Ayni paytda inson huquq himoyachilari Vashington hukumatini O‘zbekiston rasmiylari bilan muloqotlar chog‘ida inson huquqlarini yaxshilash va siyosiy mahkumlarni ozod etish borasida bosim o‘tkazishga chaqirib keladi.

XS
SM
MD
LG