Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:07

Tog‘li Qorabog‘da otashkesim buzilgan, Boku va Yerevan bir-birlarini ayblamoqda


Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston tomoni o‘tgan bir kun ichida otashkesim shartlarini 120 marta buzganini bildirdi.

Boku rasmiylarining da’vosicha, Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon mavqelarini o‘qqa tutgan va ozariy askarlari bunga javob zarbalari berishga majbur qolgan.

O‘z navbatida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ ma’muriyati otashkesimni birinchi bo‘lib Ozarbayjon tomoni buzganini iddao qilmoqda.

Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni yirik kalibrli qurollardan arman ob’ektlarini o‘qqa tutganlikda aybladi.

Tog‘li Qorabog‘da otishmalar 2 aprelda boshlangan va uch kun o‘tib tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishishgandi.

Qurolli to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odam nobud bo‘lgani bildirilgan.

XS
SM
MD
LG