Линклар

logo-print

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 10 aprel kuni "Yettilik Guruhi" (G7) nomi bilan mashhur dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 7 davlat anjumanida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yetib bordi.

11 aprelda Kerri tarixda ilk yadroviy hujumda qurbon bo‘lganlarga ta’zim bajo keltirgan ilk yuqori martabali amerikalik mulozimga aylanadi.

Jon Kerri Xirosimadagi xotira bog‘iga tashrif buyuradi.

1945 yilning 6-avgustida Amerikaning V-29 bomba tashuvchi uchog‘i 15 kilotonnalik atom bombani Xirosimaga tashlashi oqibatida bir onning o‘zida 80,000 ming odam halok bo‘lgandi.

Oradan uch kun o‘tib yana bir atom bombasi Nagasaki shahrini yer bilan yakson qilgandi.

Xirosimada ikki kun davom etadigan G7 yig‘inida terrorizm, Ukraina, Shimoliy Koreya va Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda muhojirlar inqirozi doxil qator global muammolar muhokama qilinadi.

Yig‘inda AQSh davlat kotibidan tashqari Britaniya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya va Yaponiya vazirlari ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG