Линклар

Filippin janubida mamlakat armiyasi tomonidan Abu Sayyof ekstremist guruhiga qarshi o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida 18 hukumat askari va besh jangari halok bo‘ldi.

Filippin armiyasining 10 aprel kuni ma’lum qilishicha, qurolli to‘qnashuv shanba kuni poytaxt Maniladan 900 kilometr janubida joylashgan Basilan viloyatining Tipo-Tipo shahrida yuz bergan.

8 aprel kuni Abu Sayyof guruhi garovdagi bir nechta xorijiy fuqaroni kallasini olish bilan tahdid qilgan edi.

Garovdagilar taqdiri borasida hech narsa ma’lum emas.

Askarlar Abu Sayyofga qarshi amaliyot uchun borayotgan paytda pistirmaga uchraganlar.

So‘nggi paytlarda Filippin armiyasi Abu Sayyof guruhiga qarshi amaliyotlari ko‘lamini kuchaytirgan.

Abu Sayyof guruhi Filippinda yuz bergan eng halokatli terrorchilik hujumlarini sodir etish va xorij fuqarolarini garovga olishda mas’ul deb bilinadi.

XS
SM
MD
LG