Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:03

Sandersning Klinton ustidan g‘alabasi davom etmoqda


AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzodlik uchun Vayomingda o‘tgan saylovida senator Berni Sanders Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozondi.

Sakkiz shtatda o‘tkazilgan dastlabki saylovlar natijalariga ko‘ra, Sanders Klinton ustidan yetti bor g‘alaba qildi.

Shunday esa-da, Klinton Demokratik partiyadan prezidentilikka asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda.

Ammo, Sandersning Vashington, Alyaska, Aydaho, Yuta, Havayi va Viskonsin shtatlarida erishgan g‘alabasi oq tanli va liberal demokratlar orasida Klintonni dastaklovchilar kamroq ekanini ko‘rsatadi, deya ta’kidlaydi New York Times.

Hillari Klinton bor kuchini respublikachilar bilan kurashga sarflashi uchun Sanders ustidan tezroq g‘alabaga erishish niyati borligini aytgan.

XS
SM
MD
LG