Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:52

Jalolobodda turkiyalik "kuyov" nikoh payti hibsga olindi


Joriy yilning mart oyida Istanbuldan Jalolobodga sevgan qiziga uylanish maqsadida kelgan asli qashqadaryolik, hozirda Turkiya fuqarosi Mahmut Mutlu va uning do‘sti Sayfuddin Abdulla to‘y kuni Jalolobod militsiyasi va maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olindi. Jalolobod militsiyasi ularni Suriyaga odam yollashda gumonlanmoqda. Mutluning yaqinlari bu ayblovni uydirma ekanligini iddao qilayapti.

Turkiyalik "kuyov" Mahmut Mutlu va uning do‘sti, "kuyov- jo‘ra" Sayfuddin Abdulla nikoh o‘qilayotgan paytda hibsga olingan.

Mahmut Mutluning ismini ochiklashni istamagan do‘stining Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Mahmutning yagona maqsadi Internet orkali tanishib, sevishgan qiziga uylanish bo‘lgan:

“Nikoh o‘qilayotgan payti militsiya va KNB xodimlari bostirib kirib to‘yda ishtirok etayotgan hammani ushlagan. Hozir Mahmut va Sayfuddin hamda yana ikki o‘zbek ayoli hibsda. Ularni Suriyaga odam yollaganlikda ayblashayapti. Mahmut u qiz bilan Internet orqali tanishib, bir- birini yoqtirib qolgan va unga uylanib, Istanbulga kelinni olib kelish uchun ketgandi", deydi Istanbuldan Ozodlikka bog‘langan Mahmutning do‘sti.

Uning aytishicha, Mahmut 1977 yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan bo‘lib, 2000 yilda Turkiyaga ko‘chib kelgan va 2006 yil Turkiya fuqaroligini olgan.

Jalolobod huquq- tartibot idoralari Mahmut Mutlu va Sayfuddin Abdullani Internet orqali Suriyaga odam yollashda gumonlanmoqda.

Turkiyalik "kuyov"ning hibsga olingani haqida televidenie orqali namoyish qilingan lavhada Mahmut Mutlu aybini bo‘yniga olgani, Suriyada 20 kun bo‘lgani va buning uchun 150 dollar olgani haqida aytilgan. Shuningdek, lavhada Mutlu Suriyada oyog‘idan yaralangach, Turkiyaga qaytib kelgani aytilgan.

Mutluning do‘sti bu ayblovlarni uydirmaligini iddao qilib, Mahmut hech qachon Suriyaga bormaganini aytadi:

"Mahmud qiynoqlar natijasida bu uydirma ayblarni bo‘yniga olayapti. U 4 yoshida 12 yoshli opasi Maxmutni muzdek buloqda cho‘miltirgan, shundan so‘ng Maxmudning chap oyoq tizzasi, bo‘g‘inlari muzlab, nogiron bo‘lib qolgan. U bemalol yurishga qiynaladi. Bu bolaligidan, uni taniganlar hammasi buni bilishadi. U nogiron oyog‘i bilan Suriyaga qanday bora oladi?", deydi Mutluning do‘sti.

Jalolobod shahar ichki ishlar bo‘limining rahbari Jenishbek Jorobekovning matbuotga aytishicha, Mutlu va uning do‘sti hibsxonadagilarni ham IShID safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

- Biz ularga nisbatan alohida tushuntirish ishlari olib borishga harakat qilayapmiz. Bu ishlarni diniy ta’limga ega odamlar qilayapti. Ular shunchaki diniy tushunchaga ega emas, balki islom dinini mukammal o‘zlashtirgan odamlar, – deydi Jenishbek Jorobekov.

Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi turkiyalik fuqaroni IShIDga aloqadorlik gumoni bilan ushlangani yuzasidan biror izoh berganicha yo‘q.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda IShID safida 500dan ortiq qirg‘izistonlik bor.

XS
SM
MD
LG