Линклар

Sim to‘rlarni oshib Yunonistondan Makedoniyaga o‘tishga uringan muhojirlar Makedoniya politsiyasi bilan to‘qnashdi.

Idomeni shaharchasida politsiya muhojirlarni orqaga qaytarish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazni ishlatdi, bunga javoban muhojirlar politsiyani toshbo‘ron qildi.

To‘qnashuvlar 500ga yaqin olomon orasida chegara ochilishi haqida mish-mish tarqalishi ortidan boshlandi.

Makedoniya politsiya bu mish-mishlarni inkor qilarkan, yuzdan ziyod muhojirlar, jumladan bolalar simto‘rdan oshib o‘tishga urindi.

Bolqon mamlakatlari fevral oyida o‘z chegaralarini berkitib qo‘ydi.

Hozirda Yunoniston va Makedoniya chegarasida 11200dan ko‘proq odam jam bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG