Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:24

O‘zbeklar Stokholmda ilk Islomiy Madaniyat Markazi qurilishini boshlashadi


O‘zbekistonlik muhojirlar Shvetsiya poytaxti Stokholmda ilk Islomiy Madaniyat Markazi qurilishini boshlashmoqda.

Qiymati 500 ming AQSh dollariga teng uch qavatli yangi bino 2 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Madaniyat markazda bir necha yuz musulmonning ibodat qilishiga mo‘ljallangan masjiddan tashqari, ta’lim markazi, bolalar bog‘chasi, konferentsiya va sport zallari va savdo do‘konlari ish olib borishi rejalangan.

Tashabbuskorlar Islomiy Madaniyat Markazini qurish qarorini Stokholmda musulmonlarga masjidlarning yetishmayotgani bilan izohlashdi.

Ular Ozodlik bilan suhbatda Stokholm shahar ma’muriyati qurilishni boshlashga olti yil davom etgan muzokara va maslahatlar ortidan izn berganini ma’lum qildilar.

"Qurilish aprel oyining 25 chidan boshlanayapti, - deb aytdi Islomiy Madaniyat Markazini qurish tashabbusi bilan chiqqan asli o‘zbekistonlik Abdulhamid Raimov. -Qurilish mablag‘i asosan musulmonlar bergan xayriya hisobiga bo‘layapti."

Qurilish ishlari ikki yil davom etishi kutilmoqda.

Aholisi 10 million atrofida bo‘lgan Shvetsiyada 600 mingga yaqin musulmon bor.

Shvetsiya Statistika Departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2004 yilda Shvetsiyada 441 nafar o‘zbekistonlik muhojir yashagan.

2005 yilda Andijonda yuz bergan qonli voqealardan keyin, o‘zbek muhojirlari soni ikki baravarga ko‘payib, 964 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Shvetsiyada rasman uch yarim mingga yaqin o‘zbekistonlik istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG