Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:46

Makedoniya politsiyasi bilan to‘qnashuvda 300ga yaqin qochqin jarohatlandi


Makedoniya politsiyasi 10 aprel kuni Gretsiyadan Makedoniyaga o‘tmoqchi bo‘lgan qochinlarga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, shovqinli granatalar va rezina o‘qlar qo‘llagani oqibatida 300ga yaqin qochqin turli darajadagi jarohatlarni olgan. Kamida olti odam yaralangan. Bu haqda Chegara bilmas shifokorlar tashkilotining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Makedoniya hukumati qochqinlar Makedoniya politsiyasini toshbo‘ron qilgani oqibatida 23 politsiyachi jarohatlangani, ularning 5 nafarining ahvoli og‘ir ekanini bildirdi.

10 aprel kuni Makedoniya politsiyasi va qochqinlar o‘rtasidagi to‘qnashuv Gretsiyadagi Idomeni qochqinlar lageri yaqinida bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. Bu yerda Suriya, Afg‘oniston va Afrikadan kelgan 11 mingdan ko‘proq qochqin yashamoqda.

Bolqon davlatlari Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlariga o‘tmoqchi bo‘layotgan qochqinlarning yo‘llarini joriy yilning fevralida to‘sib qo‘ygan edi.

XS
SM
MD
LG