Линклар

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 1945 yildan beri atom bombasi qurbonlari xotirasini yodga olish uchun Yaponiyaning Xirosima shahriga kelgan Vashingtonning birinchi rasmiysi bo‘ldi.

Jon Kerri Yaponiyaga 11 aprel kuni boshlanadigan “Katta Yettilik” vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun keldi. Uning samolyoti yettilik yig‘ilishi o‘tkaziladigan Xirosima shahri g‘arbidagi AQSh harbiy bazasiga kelib qo‘ndi. Bu yerda, jumladan, yadroviy xavfsizlik maslasi ham muhokama qilinadi.

Kerri atom bombasi qurbonlari xotirasini yodga olish uchun Xirosimadagi Tinchlik memorial parkini ziyorat qiladi. Biroq Kerri safari oldidan jurnalistlarga AQSh Yaponiyaga qarshi atom bobmbasini qo‘llagani uchun uzr so‘ramasligi bildirilgan edi.

1945 yilda AQSh harbiy uchog‘i Xirosima va Nagasakiga atom bombasi tashlashi oqibatida 150 ming odam halok bo‘lgan. Atom bombasi tashlanganidan keyin o‘tgan besh yil davomida yana turli kasalliklardan 156 ming odam o‘lgan.

XS
SM
MD
LG