Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:05

Saudiya Arabistoni va shia isyonchilari Yamanda o‘q otishni to‘xtatdi


Yamanda Hutiy shia isyonchilari va ularga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya 10 aprel kuni yarim tunda BMT tashabbusi bilan kuchga kirgan o‘q otishni to‘xtatish bitimi shartlarini bajarishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ayni paytda har ikki tomon o‘zlariga nisbatan hujum qilinadigan bo‘lsa, bu hujumlarga javob qaytarishdan tiyilmasliklarini ta’kidladi.

Eron tomonidan qo‘llab –quvvatlanayotgan Hutiy shia isyonchilari hokimiyatni egallash uchun urush boshlagan 2014 yildan to shu kungachaYamanda kamida 6 ming odam halok bo‘ldi.

Urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar aprelь oyida Quvaytda o‘tkazilishi kutilmoqda. Avvalroq BMT tashabbusi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar murosaga kela olmagan edi.

Xutiy isyonchilar Yamanning asosiy qismini, jumladan, poytaxt Sanani ham egallab olgan.

XS
SM
MD
LG