Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:04

Yozgi Olimpiadada birinchi marotaba o‘zbekistonlik bokschi qiz qatnashadi


Braziliyaning Rio - de - Janeyro shahrida joriy yil yozida o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida birinchi marta o‘zbekistonlik bokschi qiz ishtirok etadi.

20 yoshli bokschi qiz Yodgoroy Mirzaeva Xitoyda o‘tgan Osiyo-Okeaniya hududi bo‘yicha saralash musobaqalarida kumush medalga sazovor bo‘lib, Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Saralash o‘yinlarida O‘zbekistonning boks bo‘yicha jamoasi 5 ta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi.

4 aprel kungi holatga ko‘ra, O‘zbekistondan 60 sportchi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani e’lon qilingan edi. Ulardan 25 nafari paraolimpiada o‘yinlarida qatnashadi.

Rio-de-Janeyroda Yozgi Olimpiada o‘yinlari 3 avgustdan 21 avgustgacha o‘tkaziladi. Olimpiadada 206 davlatdan kelgan sportchilar ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG