Линклар

O‘zbekistondagi Qarshi davlat universiteti matematika kafedrasi o‘qituvchisi Shokir Dovlatov ming yillikning oltinchi masalasini hal qilganini ma’lum qildi.

Nashrlarning xabar berishicha, u masala yechimini arXiv.org saytida rus tilida joylashtirgan. Dovlatov masala annotatsiyasida Navye –Stoks masalasining faqat yagona tekis yechimi borligi isbotlangani haqida yozgan.

2014 yilda ming yillikning oltinchi masalasiga Qozog‘istondagi Lev Gumilev nomidagi Yevrosiyo universiteti xodimi Muxtarbay Otlebaev yechim topgani ma’lum qilingan edi. Biroq amerikalik matematik Terens Tao qozoq olimi topgan yechimning asossiz ekanini isbotlagan.

Bundan avval ming yillikning yechilmay kelayotgan yetti matematik masalalaridan biri hisoblangan Anri Puankare gipotezasi isbotini 2002 yilda rossiyalik matematik Grigoriy Perelman hal qilgan edi.

Mazkur echimni ilmiy hamjamiyat tan olgan, biroq matematik 2010 yilda AQShning Kley matematika instituti tomonidan o‘ziga berilgan mukofotni olishdan bosh tortgan edi.

Matematiklar ming yillikning yechilmay qolayotgan masalalari hal etilishiga shubha bilan qarab keladilar.

XS
SM
MD
LG