Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:51

Agro Invest Sug‘urta vaqtincha yopildi


O‘zbekiston Moliya vazirligi Agro Invest Sug‘urta ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini 10 kunga to‘xtatib qo‘ydi.

UzDaily.uz ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning litsenziyasi 10 kunga to‘xtatilgan, biroq Moliya vazirligi buning sabablarini ochiqlamagan.

2008 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Agro Invest Sug‘urta 17 ta yo‘nalish bo‘yicha shartnoma imzolash huquqiga ega.

O‘zbekistonda tuzilgan sug‘urta shartnomalarining 65 foizi qishloq hududiga to‘g‘ri keladi. Biroq qishloq hududlarida faoliyat olib borayotgan fermerlar sug‘urta kompaniyalarining sug‘urtalanuvchi ob’ekt va sub’ektlar oldida o‘z majburiyatlarini to‘la bajarmayotganidan shikoyat qilib keladilar.

Jumladan Ozodlikka murojaat qilgan fermerlar asosan, Agro Invest Sug‘urta bilan sug‘urta shartnomalarini tuzishlarini aytishgan. Biroq, deydi fermerlar, aksariyat hollarda sug‘urta qilingan ob’ekt sug‘urta shartlarida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra talafot yoki zarar ko‘rsa, sug‘urtalangan mablag‘ to‘lanmayapti yoki qisman to‘lanyapti, xolos.

XS
SM
MD
LG