Линклар

Hongkongning Torutem Business Limited kompaniyasi O‘zbekistondagi «Lazzat» qandolat fabrikasini modernizatsiyalash uchun 5 million AQSh dollari ajratayapti.

Sputnik agentligining "O‘zbekoziqovqatxolding" shirkatiga tayanib, xabar qilishicha, Hongkong kompaniyasi «Lazzat» fabrikasida asosan, karamel ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Rejaga ko‘ra, ishlab chiqariladigan karamellar MDH davlatlari va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinadi.

Loyiha bo‘yicha, joriy yilda xorij sarmoyadorlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 3 million dollar sarflashni ko‘zlayapti. Loyiha 2017 yilda to‘la tugallanishi rejalangan va shunda yiliga 8 ming tonnadan ziyod karamel ishlab chiqarish imkoni bo‘ladi.

O‘zbekistondagi eng katta qandolat fabrikasi bo‘lgan «Lazzat»da sobiq ittifoq davrida 20 turdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilgan. O‘sha paytda «Lazzat» o‘z mahsulotlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki postsovet davlatlarida ham mahshur edi.

O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalariga kelib, fabrika bankrot deb e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG