Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:20

Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Sariev iste’foga ketdi


Bugun Qirg‘iston Bosh vaziri Temir Sariev iste’foga ketishini e’lon qildi. U bu haqda hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qildi.

Baliqchi - Tomchi - Cholpon-Ota – Korumdu avtoyo‘lini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha tender payti yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar fosh qilingach, Sarievning iste’fosini talab qilganlar bo‘lgandi.

Hozirda Bosh vazir lavozimiga Sooronboy Jeenbekov nomzodi ko‘rilayotgani aytilmoqda.

Agar Jeenbekov bu lavozimga kelsa, uning tug‘ishgan ukasi Asilbek Jeenbekov parlament spikerligidan ketishi lozim bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG