Линклар

Shimoliy Koreyaning Razvedka ishlari bo‘yicha rahbari Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi. Bu haqda g‘arb matbuoti Seul rasmiysiga tayanib xabar qildi.

Skynews telekanali Janubiy Koreyaning Mudofaa va birlashish ishlari vazirligi rasmiysi bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida gapirdi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyandan qochib kelgan shaxs quruqlik qo‘shinlari polkovnigi bo‘lib, u Janubiy Koreyaga qarshi yashirin tadbirlarga boshchilik qilgan. Biroq uning ismi hozircha ochiqlanmayapti.

Bi-Bi-Si ma’lumotiga ko‘ra, pxenьyanlik josus o‘tgan yili Seulga qochib o‘tgan, faqat bugunga kelib uning qochgani tasdig‘ini topgan.

Keyingi paytda 30 ming odam Shimoliy Koreyadan qochib ketdi. Oxirgi bor Pxenyanning hukumat dasturi doirasida Xitoyda restoranda ishlayotgan shimoliy koreyalik 13 ishchi qochib, yashiringan edi.

XS
SM
MD
LG