Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

Rossiya Eronga S-300 raketalarini yetkazib berdi


Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya S-300 raketalarining birinchi partiyasini yetkazib bergan. Buni bugun Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Husayn Ansariy Jaber matbuotga ma’lum qildi.

Kreml buni izohlashdan bosh tortdi.

Eronga qurol sotish 2010 yilda BMT joriy etgan iqtisodiy sanksiyalar ortidan taqiqlab qo‘yilgan edi. Biroq o‘tgan yil aprel oyida dunyoning olti yetakchi davlati Eron bilan yadroviy dasturni cheklash masalasida dastlabki kelishuvga erishgach, Putin ko‘ngilli ravishda bu taqiqni bekor qilib, Eronga raketalarni yetkazish borasidagi kelishuvni imzoladi.

Isroil Eronga raketalar sotilishiga norozilik bildirib kelmoqda. Rossiya esa yadroviy dastur yuzasidan murosaga erishilgani ortidan Eronga raketalar sotish uchun yo‘l ochilganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG