Линклар

logo-print

Afg‘onistondagi Tolibon harakati bahorgi xuruj mavsumini boshlashini e’lon qildi. Har yili ob-havo iligan paytda e’lon qilinadigan masvum kelgusi yozda zo‘ravonliklar ko‘lami oshishidan darakdir.

12 aprel kuni ommaviy axborot vositalariga elektron pochta orqali yo‘llangan bayonotda jangarilar “bahorgi xuruj” mahalliy vaqt bilan tonggi soat 5da boshlanganini bildirishdi.

Jangarilar mazkur kampaniyani Tolibon harakati Mulla Umar xotirasiga “Umariy operatsiyasi”, deb atashdi. Mulla Umar bundan uch yil avval o‘lgan edi.

Bayonotda AQSh istilochilariga qarshi jihod qilish muqaddas burchdir, deya ta’kidlangan. Afg‘onistonda AQSh istilosi ortidan boshlangan urushga bu yil 15 yil to‘ladi.

Tolibonning yangi etakchisi Mulla Axtar Mansur urush harakatlari ko‘lamini oshirib, mamlakatning har bir mintaqasiga yoyishga muvaffaq bo‘ldi. Hatto o‘tgan yili Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahri bir necha kun mobaynida Tolibon nazoratida bo‘ldi.

11 aprel kuni mototsikl mingan Tolibonga doir xudkush Afg‘oniston sharqida 12 nafar askarni o‘ldirdi. Undan bir necha soat avval esa poytaxt Kobulda ham shunga o‘xshash hujum oqibatida ikki odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG