Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:51

Afg‘onistondagi xudkush hujumda 12 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahri yaqinida Tolibon xudkushining Milliy armiya askarlari avtobusiga qilgan bombali hujumida kamida 12 askar halok bo‘ldi, o‘nlab odam yaralandi.

Nobud bo‘lganlar sonini tasdiqlagan Mudofaa vazirligi vakili Davlat Vaziriy xudkush o‘z hujumini ichiga bomba o‘rnatilgan uch g‘ildirakli mototsikl vositasida amalga oshirganini qo‘shimcha qildi.

Vaziriyga ko‘ra, Jaloloboddan Kobulga ketayotgan askarlar orasida kamida 26 kishi tan jarohati olgan. Biroq Nangarhar tuman kasalxonasi vakillari shifoxonada yaralangan 38 nafar askar davolanayotganini aytmoqdalar.

Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid Jaloloboddagi hujum toliblar tomonidan sodir etilganini bildirdi.

Hujum AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Afg‘onistonga kelib, toliblarni afg‘on hukumati bilan bevosita tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga chaqirganidan ikki kun o‘tib sodir etildi.

XS
SM
MD
LG