Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:26

Groysman Ukraina bosh vaziri lavozimini qabul qilishdan bosh tortmoqda


Ukrainada hukumat tuzish bo‘yicha koalitsion muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 11 aprel kuni Kievda “Petro Poroshenko bloki” va “Xalq jabhasi” fraksiyalari bosh vazirlikka nomzodi ko‘rsatilgan parlament spikeri Volodimir Groysman bilan yangi hukumat tarkibi bo‘yicha kelisha olmadi.

“Petro Poroshenko bloki” fraksiyasi vakili, deputat Mustafo Nayem “Ukrainskaya pravda” nashriga Groysman bosh vazirlikni qabul qilishdan bosh tortayotganini bildirdi. Deputatga ko‘ra, Groysman o‘z shartlari bajarilmagunicha, bosh vazirlik lavozimini qabul qilmasligini aytgan. Nayem bu boradagi muzokaralar 12 aprel kuni davom ettirilishini bildirdi.

Volodimir Groysman “Petro Poroshenko bloki” tomonidan 2014 yildan beri Ukraina hukumatini boshqarib kelgan Arseniy Yatsenyuk o‘rniga bosh vazirlikka ko‘rsatilgan. 10 aprel kuni Yatsenyuk bir necha haftalik bosimdan so‘ng iste’foga ketajagini, biroq o‘z partiyasi “Petro Poroshenko bloki” bilan birgalikda yangi hukmron koalitsiya tarkibida qolishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG