Линклар

Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldida politsiya 11 aprel kuni saylov islohoti talabi bilan namoyish o‘tkazayotgan 400 dan ziyod norozini qo‘lga oldi.

Qator nufuzli axborot agentliklarining xabar qilishicha, AQSh poytaxtidagi aksiya qatnashchilari saylovlarni erkin va halol o‘tkazishni talab qilib chiqqanlar. Ular: “Bir kishi – bir ovoz” va “Siyosatda pulga o‘rin yo‘q” deya qichqirganlar.

Politsiya norozilar olomonini ikkiga ayirgan. Noqonuniy harakatlar uchun hibsga olinganlarning qo‘llariga plastik kishan taqib, avtobuslarga joylashtirganlar.

Reuters agentligining xabar qilishicha, Kapitoliy politsiyasi o‘z harakatini norozilik namoyishining noqonuniyligi bilan izohlagan.

11 aprel kungi namoyish “Demokratik bahor” nomi ostidagi aksiyalar doirasida o‘tkazilgan. Tadbir ishtirokchilari AQSh Kongressini “siyosatda katta pul korrupsiyasi”ni to‘xtatish hamda erkin va adolatli saylov imkoniyatini ta’minlash uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirmoqdalar.

Politsiya talabiga qaramay, namoyishchilar Kapitoliya maydonini tark etishdan bosh tortishgan. Ular Kongress saylov kampaniyalarini moliyalashtirish bo‘yicha islohotni boshlamagunicha bu yerdan ketmasliklarini bildirishgan.

XS
SM
MD
LG