Линклар

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 11 aprel kuni “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Rasmiy nashrlarda matni e’lon qilingan qonun o‘tgan oyda O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi tarafidan ma’qullangan edi.

Rasmiy nashrlarga ko‘ra, 12 aprleldan kuchga kirgan qonun parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirishni tartibga solish maqsadida qabul qlingan.

Parlament nazorati sub’ektlari sifatida Oliy Majlisning ikkala palatasi, qo‘mita va komissiyalari, deputat va senatorlar hamda parlament ombudsmani ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari Oliy Majlis Respublika Bosh prokurori, hisob palatasi , tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Markaziy bank raisi kabilar hisobotlarini tinglash vakolatiga egaligi ham qayd etilgan.

Bunda rasmiy nashrlar shu paytgacha parlament nazoratiga qaysi sohalar kirgani va yangi qonun bu vakolatlarni qay tarzda o‘zgartirishini aniqlashtirmagan.

XS
SM
MD
LG