Линклар

logo-print

Suriyada Rossiyaga qarashli harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki harbiy halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligining bildrishicha, 12 aprel kuni tongda Homs shahri osmonida qulagan Mi-28 rusumidagi jangovar vertolyot urib tushirilmagan.

Uchuvchilarning jasadlari voqea joyida topilib, Rossiyaning Hmeymimdagi harbiy bazasiga olib kelingan, deya bildirdi vazirlik. Halokat sabablari noma’lum qolmoqda.

“Voqea joyida bir guruh mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganmoqda”, deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 14 mart kuni Suriyadagi rus harbiy kontingentining katta qismi olib chiqilishini e’lon qilgan edi. Shundan keyin Rossiya harbiy uchoqlarining yarmi Suriyadan olib chiqildi. Lekin Rossiya Suriyaga katta miqdorda harbiy yuklarni jo‘natishda davom etmoqda.

Tahlilchilar Kreml Suriyada o‘z harbiy salohiyatini kamaytirish o‘rniga, strategiyani o‘zgartirib, Suriya armiyasiga harbiy vertolyotlar yordamida ko‘maklashayotganini taxmin etmoqda.

XS
SM
MD
LG