Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:36

Toshkentda gaz qo‘yish shohobchasi 300 so‘mlik xizmat haqi undiryapti


Toshkent shahri Yunusobod tumanida avtomobiliga metan gazi quydirgan mijozlardan biri shohobcha ishchilari undan 300 so‘m xizmat haqi olganidan shikoyat qilib, OzodMikrofonga murojaat qildi. O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shohobchalari ishchilari mijozlardan xizmat haqi undirgani ilk bor kuzatilmoqda. Shohobcha rahbariyati bu holat yuzasidan biror izoh bermadi, ammo masalani o‘rganib, natijani bildirishni va’da qildi.

Ozodlikka Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan qo‘ng‘iroq qilganini aytgan Ilhom Abdusamatov Edem bolalar uyi yoqilg‘i quyish shohobchasida avtomobiliga metan gazi quygani va shohobcha xodimi undan 500 so‘m xizmat haqi undirganini aytdi.

Xaridordan undirilgan xizmat haqi uchun chek
Xaridordan undirilgan xizmat haqi uchun chek

- Shu paytgacha bunaqasini ko‘rmagan edim. Gaz oldim va kassaga borib, haqini to‘ladim. Keyin shohobchada xizmat qilib yurgan xodim mendan 500 yoki 600 so‘m xizmat haqi berishni so‘radi. Men xayron bo‘ldim: "Nega, men gazga pul to‘ladimku?" desam, "Bizga oylik berishmayapti, shunga xizmat haqi olayapmiz", dedi. Men 500 so‘mni berdim, lekin keyin chek qog‘ozini so‘radim. Avvaliga rad qildi, keyin oxiri tortishib-tortishib, 300 so‘mga chek berib, 200 so‘mni qaytarib berishdi. Muomalasini qo‘polligini ko‘rsangiz, chek so‘raganimga qancha qo‘pollik qilishdi. Agar xizmat haqi olish qonuniy bo‘lsa, chekini berishi kerakmi?!- dedi Ilhom Abdusamatov.

Uning aytishicha, shohobcha xodimlari sotilagn metan gazi narxidan tashqari yana xizmat haqi undirilishi sabablari aniq tushuntirib bera olmagan. Ammo, pulni olgan xodim buni shohobcha ishchilariga maosh berilmayotgani bilan izohlagan.

Ilhom Abdusamatov 12 aprel kuni ertalab shohobcha ishchilari uning ko‘z o‘ngida bir necha mijozdan 300-600 so‘m miqdorida xizmat haqi olingani, mijozlar esa xizmat haqini to‘lab, indamay ketaverganiga guvoh bo‘lganini aytmoqda.

Quyida Ilhom Abdusamatov bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: Тошкентда газ қуйиш шоҳобчаси 300 сўмлик хизмат ҳақи ундирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:38 0:00
Бевосита линк

Bu murojaat ortidan Ozodlik Edem bolalar uyi yoqilg‘i quyish shohobchasiga bog‘landi. Telefon go‘shagini ko‘targan xodim o‘zini ayni nomdagi ochiq aksiyadorlik jamiyatining xodimi, deb taqdim qildi va gaz quyish shohobchasi ushbu jamiyatga tegishli ekanini tasdiqladi.

Ammo, ismini aytmagan bu xodim shohobchada mijozlardan gaz haqidan tashqari 300-600 so‘m miqdorida xizmat haqi undirilgani haqidagi murojaatni eshitdi.

Ayni muammoni tasdiqlamagan, ammo inkor ham qilmagan xodim: "Men bu masalani surishtirib, natijani bilib qo‘yaman. Yarim soatdan keyin qaytib qo‘ng‘iroq qiling", dedi.

Ozodlik aytilgan muddatdan so‘ng va undan so‘ng ham qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildi, ammo boshqa javob ololmadi.

Shundan so‘ng Toshkent shahridagi bir necha gaz quyish shohobchalariga bog‘langan muxbir xizmat haqi undirilmasligiga guvoh bo‘ldi:

"Aksincha, boshqa shohobchadan emas, bizdan gaz olgani uchun rahmat aytib, qo‘limiz ko‘ksimizda kuzatvoramizu, opa", dedi Toshkentdagi shohobchalardan birining operatori.

OzodMikrofon rukniga kelgan ushbu murojaatga ustidan shikoyat qilingan Edem bolalar uyi yoqilg‘i quyish shohobchasi va shohobchadan yuqori turuvchi jamiyatdan rasmiy javob olishga urinishda javob etamiz.

Yangiliklarni Ozodlikda kuzatishda davom eting!

------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG