Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:49

Qirg‘izistonlik huquq faollari "xorijiy agent" qonuniga qarshi norozilikka chiqdi


Qirg‘izistonlik huquq faollari Bishkekda parlament binosi oldida “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning ko‘rib chiqilishiga qarshi norozilik uyushtirdi.

Parlament muhokamasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, xorijiy manbalardan moliyaviy ko‘mak oladigan notijorat, nohukumat tashkilotlarining “xorijiy agent” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladi.

Mazkur qonun Rossiyada 2012 yilda qabul qilingan qonunga o‘xshashdir. Mazkur qonun Rossiyada nohukumat tashkilotlarga tazyiq o‘tkazish vositasi sifatida ishlatilib kelmoqda.

12 mart kuni Qirg‘iziston parlamenti qonun loyihasini ikkinchi marta o‘qigan edi. Parlament uni uchinchi o‘qishda ham ma’qullasa, keyin prezidentga imzolash uchun yuboriladi.

XS
SM
MD
LG