Линклар

logo-print

Bugun Ukraina parlamentida yangi bosh vazirni saylash jarayoni boshlanishi mumkin. Bu haqda Oliy Radadagi “Petr Poroshenko bloki” vakili Sergey Berezko ma’lum qildi.

U bosh vazir lavozimiga parlament spikeri Vladimir Groysmandan boshqa odamning nomzodi ko‘rib chiqilayotgani, bosh vazirini saylash jarayoni bo‘yicha parlamentdagi muxolifat bilan olib borilayotgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ukraina parlamentida bir necha kunlardan beri bosh vazirni saylash masalasida fraktsiyalar murosaga kela olmayapti. Seshanba kuni ham amaldagi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk iste’fosi qabul qilinishi va yangi bosh vazirni saylash jarayoni boshlanishi e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG