Линклар

O‘zbekiston futbol bo‘yicha 2018 yilda o‘tadigan jahon chempionati saralash o‘yinlarida Osiyo qit’asi bo‘yicha "A" gruhiga kiritildi.

12 aprelda Kuala –Lumpurda bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya jamoalari bilan bellashadi.

"B" guruhi esa Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Tailanddan tashkil topdi.

Saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyidan boshlanadi. Har bir guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston terma jamoasi saralash o‘yinlari doirasida 1 sentyabrda Suriya, 6 sentyabrda Qatar jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

XS
SM
MD
LG