Линклар

logo-print

Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Qunduz viloyatidagi Dashti Archi tumanida afg‘on maxsus xizmatlari terrorchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan madrasani aniqladi. Bu haqda Qunduz hokimi Asadulla Umarxol 12 aprel kuni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, madrasada mashinalarga mina o‘rnatish, xudkush kamarlarni tayyorlash kabi harakatlar o‘rgatiladi. Madrasaga Pokiston fuqarosi bo‘lgan Imronxon ismli shaxs rahbarlik qiladi.

Xabarlarda aytilishicha, Tolibon qo‘mondoni mulla Jannat G‘ola nazoratida bo‘lgan ushbu madrasada 300 odam janggarilikka tayyorlanmoqda. Mazkur madrasa tolibon nazoratidagi hududda joylashgani uchun ham hukumat kuchlari madrasa faoliyatini to‘xtata olmayotgani bildirildi.

XS
SM
MD
LG