Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:16

O‘zbekistonning sobiq prokurori Latviyada hashamatli saroylarda yashamoqda


O‘zbekistonda 15 yil davomida bosh prokuror lavozimida ishlagan va 2015 yilda lavozimidan bo‘shatilgan Rashid Qodirov oilasi bilan Latviyada yashamoqda. Bu haqda Kompromat.lv nashri xabar tarqatdi.

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish xalqaro markazining bildirishicha, Rashid Qodirov va uning oilasi Sunishi qishlog‘idagi dang‘illama ikkita saroyda yashamoqda.

"Uylardan biri Qodirovning kuyovi Timur Karimov, ikkinchisi Qodirovning o‘g‘li Alisher nomiga rasmiylashtirilgan", deb yozadi Kompromat.lv nashri.

Ekspertlarning bildirishlaricha Latviyaning Sunishi qishlog‘i o‘zbek korrupsionerlari uchun sevimli maskanga aylangan. Bu yerda O‘zbekiston MXXsining sobiq va amaldagi xodimlari o‘zlariga millionlab dollarlik hashamatli saroylarni qurmoqda.

XS
SM
MD
LG