Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:56

Qozog‘iston va Eron o‘rtasida 1,1 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning 11-12 aprel kunlari Eronga qilgan rasmiy tashrifi doirasida qozoq va eron biznesmenlari o‘rtasida umumiy qiymati 1 milliard 100 ming dollar bo‘lgan 50ta shartnoma imzolandi.

Jumladan, Eroning SANIR va Qozog‘istonning “Yevrosiyo invest grupp” shirkatlari imzolagan shartnoma asosida Eron Qozog‘istonda uchta elektr stansiyasi barpo etadi.

Eron matbuotining 12 aprel kuni xabar berishicha, bitta 50 MVtli shamol elektr stansiyasi va ikkita 250 MVtli issiqlik elektr stantsiyalari Kaspiy dengizi bo‘yida hamda Olmaota yaqinida barpo etiladi. Loyihalarni amalga oshirish muddati 18 oy qilib beliglangan.

Nazarboev Erondan Turkiyaga safar qiladi. Bu yerda qozoq prezidenti 13-14 aprel kunlari o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining XIII –sammitida ishtirok etadi. 15 aprel kuni esa Nazarboevning Toshkentga kelishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG