Линклар

Rossiyaning Kaluga shahri sudi 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosini 9 yilga ahloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tashga hukm qildi.

Qotillikda gumonlangan o‘zbekistonlik o‘tgan yilning 10 oktyabrida qo‘lga olingan edi. U Vorsino qishlog‘ida mahalliy aholi vakili bilan karta o‘ynagan. O‘zbekiston fuqarosi karta o‘ynayotgan sherigini g‘iromlikda ayblab pichoqlab qo‘ygan. O‘zbekiston fuqarosi ikki marta sanchgan pichoqdan rossiyalik halok bo‘lgan.

O‘tkazilgan sud jarayonida O‘zbekiston fuqarosi o‘ziga bildirilgan ayblovni faqat qisman tan olgan.

XS
SM
MD
LG