Линклар

BMTning Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida tashkilotga a’zo davlatlar vakillari birinchi marta BMT bosh kotibi lavozimiga nomzodlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

12 aprel kuni bosh kotib lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxslar bilan tashkilotga a’zo davlatlar vakillari suhbatlashuvlar o‘tkazdi.

Bunga qadar bosh kotib nomzodi BMT xavfsizlik kengashiga a’zo bo‘lgan 15 davlat tomonidan tanlab olinar va tashkilotga a’zo 193 davlat ishtirokidagi Bosh Assambleyada saylanar edi.

BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan Rossiya, Xitoy, Britaniya, AQSh va Fransiya bosh kotiblikka nomzodlarga veto qo‘yish huquqiga ega.

Xabarlarga qaraganda, bosh kotiblikka 8 odamning nomzodi ko‘rsatilgan. BMTning amaldagi bosh kotibi Ban Ki Munning navbatdagi besh yillik vakolati shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi. Ban Ki Mun o‘n yildan beri BMT bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG