Линклар

logo-print

O‘zbekiston prezidenti 12 aprelda imzolagan "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga binoan 2016 yilgi hosildan boshlab ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy etiladi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra,2019 yilning 1 yanvarigacha meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlaydigan xususiy mulk shaklidagi korxonalar, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishda bojxona to‘lovlaridan, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan qayta ishlash korxonalari yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq, davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi.

Tijorat banklariga fermer va dehqon xo‘jaliklariga meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish uchun davlat buyurtmasi bo‘yicha bo‘nak va yakuniy hisob-kitoblar uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkada kredit resurslari ajratiladi.

XS
SM
MD
LG