Линклар

Akasi bosh vazir bo‘lishi kutilayotgan qirg‘iz parlamenti spikeri iste’fo berdi


Asilbek Jeenbekov akasi bosh vazirlikka saylanishi arafasida iste’fo berdi.

Asilbek Jeenbekov akasi bosh vazirlikka saylanishi arafasida iste’fo berdi.

Qirg‘iziston parlamenti raisi Asilbek Jeenbekov akasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodi bosh vazirlikka ko‘rsatilgani munosabati bilan 13 aprelь kuni iste’fo berdi. Kecha So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodini parlamentdagi olti fraktsiyadan to‘rttasi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Bosh vazirni saylash jarayoni bugun tushdan keyin boshlanadi.

Qirg‘iziston parlamenti raisi Asilbek Jeenbekov 13 aprel kuni deputatlar oldida chiqish qilib, akasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodi bosh vazirlikka ko‘rsatilgani munosabati bilan iste’fo berganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston qonunlarida yaqin qarindoshlarning davlat organlarida bir vaqtning o‘zida yuqori lavozimlarni egallashi taqiqlanadi. Biroq Asilbek Jeenbekovning hali akasi bosh vazirlikka saylanmasdan turib iste’fo bergani, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning bu lavozimga saylanishi aniq bo‘lib qolganini anglatadi. Parlamentdagi fraktsiyalarning deyarli barchasi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.

Parlament fraksiyalarida deputatlar bilan uchrashgan So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov esa bosh vazir lavozimini egallash uning tushiga ham kirmaganini, bu hukumron Sotsial-demokratlar partiyasining qarori bo‘lganini aytmoqda:

- Partiya menga ishonayapti. Men bosh vazir bo‘lib qolsam, Qirg‘iziston xalqi, parlament va prezident oldida uyalib qolmaslik uchun halol ishlab beraman. Men “sharmanda qilma, halol ishlashimga madad ber”, deb Xudoga iltijo qilayapman, -dedi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov.

57 yoshli So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 2010 yildan beri hukumatning O‘sh viloyatidagi muxtor vakili bo‘lgan, shu yilning 23 martida prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Ijtimoiy tarmoqlarning Qirg‘iziston kontentida foydalanuvchilar So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov mas’ul lavozimlarda ishlar ekan, ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlarni amalga oshirmaganini ta’kidlashmoqda.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov deputatlar oldida so‘zlagan nutqida Qirg‘iziston transport va kommunikatsiya vaziri Arginbek Malabaev iste’foga chiqishi kerakligini aytgan. Malabaev Temir Sarievni yo‘l qurilishlari yuzasidan tenderlarning qonunbuzarlik bilan o‘tkazilishiga aloqadarlikda ayblagan. Shundan so‘ng Temir Sariev 11 mart kuni iste’fo bergan edi.

- So‘nggi kunlarda men va hukumat ishi atrofida ochiq yolg‘on va nayrang kampaniyasi avj olganidan hammaning xabari bor. Shu sababli siyosiy muhit keskin o‘zgardi. Bunday vaziyat hukumat ish tartibini ancha qiyinlashtirib qo‘ydi.

Hukumat faoliyatining turli yo‘nalishlari doimiy asossiz ayblovlar nishoniga aylandi. Baliqchi-Ko‘rumdu yo‘lini rekonstruksiyalash masalasi bularning eng shiddatlisi bo‘ldi. G‘iybat muhiti hukumatni qiyin ahvolga solib qo‘ydi, uning ishi qariyb falajlanib qoldi. Har qanday holatda ham bunday bo‘lishi mumkin emas.

Mamlakat va xalq manfaatlarini shaxsiy siyosiy manfaatlarimdan ustun qo‘ygan holda men bugun iste’foga ketaman. Bundan mamlakat prezidentini xabardor qildim, - degan Temir Sariev o‘z iste’fosi ayblovlarni tan olganini anglatmasligini, “pok nom”i uchun oxirigacha kurashishga tayyor ekanini bildirdi.

XS
SM
MD
LG