Линклар

O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari umumiy qiymati 8 milliard dollarlik loyihalar ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Mitsubishi Corporation korporatsiyasining katta ijrochi vitse-prezidenti Xideto Nakaxaraga tayanib, sputniknews-uz.com sayti xabar qildi.

"O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari umumiy qiymati 8 milliard dollardan oshadigan yangi investitsiya loyihalari ustida ish olib bormoqda”, — degan Nakaxara Toshkent shahrida o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon qo‘mitasi kengashida.

Qo‘mita kengashi davomida tomonlar Yaponiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi neftgaz, kimyo va elektrotexnika, avtomobil qurilishi, telekommunikatsiyalar sohalarida ishtiroki variantlarini ko‘rib chiqdilar.

"O‘zbekiston tomon Yaponiya kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar hayotga tatbiq etilishi uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ular faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyor”, — degan qo‘mita raisdoshi, O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov.

Aytilishicha, Yaponiya O‘zbekistondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyatiga 2,3 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritgan.

XS
SM
MD
LG