Линклар

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentda 13-14 aprelda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari xavfsizlik kengashi kotiblari uchrashuviga keladi, deb xabar berdi Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi

Uchrashuv ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va ShHT hududidagi vaziyat, terrorchilik, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash muammolarini muhokama qiladilar.

Joriy yilda O‘zbekiston ShHTda raislik qiladi va shu munosabat bilan tashkilotning navbatdagi sammiti Toshkentda 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammit natijalaridan biri ShHTga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bo‘lishi mumkin.

2016 yil uchun ShHTning kotibi etib Tojikistonning Xitoydagi sobiq elchisi Rashid Alimov tayinlangan.

XS
SM
MD
LG