Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:39

O‘zbek mehnat muhojiri Moskvada 100- qavatdan qulab, halok bo‘ldi


O‘zbekistonlik erkak Rossiya poytaxtida, “Moskva-siti” biznes markazi minorasidan qulab, halok bo‘lgani to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva shahar bosh boshqarmasiga tayanib, ca.news sayti xabar qildi.

Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, mehnat muhojiri o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Voqea yuzasidan tergovoldi surishtiruvi olib borilayotgani xabar qilindi.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning 1994 yilda tug‘ilgani, u “Moskva-siti” biznes markazi qurilishida payvandchi bo‘lib ishlagani aytildi. Marhumning shaxsiga oid boshqa ma’lumotlar xabar qilinmadi.

XS
SM
MD
LG