Линклар

Rossiyalik milliarder Yuriy Milner va britaniyalik mashhur kosmolog Stiven Xoking hamkorlikda Yerga eng yaqin Alfa Sentavra yulduzlar sistemasiga kiruvchi yulduzga robot uchirish uchun qiymati 100 mln. dollarlik Breakthrough Starshot loyihasi ustida ish boshladi.

Bu xaqda xabar qilgan TASS agentligiga ko‘ra, Yerdan uchiriladigan robot Alьfa Sentavra yulduzlar sistemasiga kiruvchi yulduzga yetib borguncha 40 trillion km (4,37 yorug‘lik yili) masofani 20 yilda bosib o‘tadi. Qiyoslash uchun: mavjud kosmik kemalarning eng tez uchari bu masofani 30 ming yilda bosib o‘tadi.

Stiven Xoking (Stephen William Hawking) 1942 yilda tug‘ilgan ingliz nazariyotchi-fizigi, Oksford va Kembridj universitetlarini tugatgan, dunyoning Katta portlash oqibatida paydo bo‘lish nazariyasini hamda Qora tuynuklar nazariyasini o‘rgangan.

XS
SM
MD
LG